EKSPORT VA SANKSIYA NAZORATI SIYOSATI (bundan buyon - SIYOSAT)
DISKLEYMER
SIYOSATGA amal qilish uchun biz Sizga xizmatlarga buyurtma berishdan oldin o‘zingizga kerakli mamlakatlarga/dan olib kirish/olib chiqishga ruxsat berilgan/taqiqlangan tovarlar ro‘yxati va hamkorlik qilish cheklanishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
MAQSADLAR VA VAZIFALAR
- SIYOSAT xalqaro savdo qonunlariga, jumladan, eksportga bo‘lgan tegishli cheklanishlar va sanksiyalarga amal qilinishiga yo‘naltirilgan;
- SIYOSATGA amal qilmaslik Ijrochi, Mijoz, foyda oluvchi uchun qattiq jinoiy va fuqarolik sanksiyalariga olib kelishi hamda uning obro‘siga zarar yetkazishi mumkin;
- SIYOSATDA yozilgan kafolatlar majburiyat ko‘rinishini kasb etadi, kafolatlarning buzilishi zararlar, boshqa tovonlarni undirish va hamkorlik shartlarining o‘zgartirishlar uchun asos bo‘lib hisoblanadi;
- mamlakatlarning eksport va sanksiya nazorati qonunchiligi o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun SIYOSAT qo‘shimcha bildirishnomasiz istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borishingizni so‘raymiz;
- SIYOSATDA "Biz", "Bizga", "Bizni" xizmatlar ko‘rsatuvchi va o‘z hujjatlari, shartnomalari, xizmat ko‘rsatish shartlari kabilarda SIYOSATGA havola qiluvchi shaxsni anglatadi;
- SIYOSATDA "/" belgisi "va (yoki)" ma’nosida foydalaniladi;
- Biz o‘zimizda xizmatlar ko‘rsatish SIYOSAT maqsadlarini buzishi mumkin degan faraz qilish uchun oqilona asoslar mavjud bo‘lgan hollarda yuboruvchilar, oluvchilar, yakuniy oluvchilar (end users), boshqa shaxslarni qo‘shimcha tekshiruvni o‘tkazishimiz, qo‘shimcha kafolatlar/tasdiqlar so‘rashimiz yoki xizmat ko‘rsatishni rad qilishimiz mumkin.
SIYOSAT SHARTLARI
O‘zingiz SIYOSAT bilan tanishadigan sayt/mobil ilovadan foydalangan va/yoki ushu sayt/mobil ilova orqali xizmatlarga buyurtma bergan/xizmatlarni olgan yoki Siz xarid qilayotgan xizmatlarni ko‘rsatish shartlarida SIYOSATGA havolalar bo‘lgan hollarda Siz quyidagi shartlarni qabul qilasiz va ularga rozilik berasiz:
1) Siz o‘zingizning AQSh (SDN ro'yxati), Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi yoki Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan istalgan mamlakat (bundan buyon - sanksiya ro‘yxatlari), yuborish mamlakati yoki olish mamlakatining biror bir bloklovchi sanksiya ro‘yxatlariga kiritilmaganligingizni kafolatlaysiz.
2) Siz o‘zingizning AQSh (SDN ro'yxati), Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi yoki Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan istalgan mamlakat (bundan buyon - sanksiya ro‘yxatlari) yoki sizga xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan mamlakatning biror bir bloklovchi sanksiya ro‘yxatlariga kiritilmaganligingizni kafolatlaysiz.
3) Agar siz yuridik shaxs bo‘lsangiz, Siz o‘zingiz, mulkdorlaringiz, nazorat qiluvchi va mansabdor shaxslaringizning AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi yoki Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan istalgan mamlakat (bundan buyon - sanksiya ro‘yxatlari), yuborish mamlakati yoki olish mamlakatining biror bir bloklovchi sanksiya ro‘yxatlariga kiritilmaganligini kafolatlaysiz.
4) Agar siz yuridik shaxs bo‘lsangiz, Siz o‘zingiz, mulkdorlaringiz/ nazorat qiluvchi shaxslaringiz/ mansabdor shaxslaringiz/ yakuniy benifitsiarlaringizning AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi yoki Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan istalgan mamlakat (bundan buyon - sanksiya ro‘yxatlari) yoki sizga xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan mamlakatning biror bir bloklovchi sanksiya ro‘yxatlariga kiritilmaganligingizni kafolatlaysiz.
5) Siz o‘zingiz tomoningizdan olinayotgan xizmatlardan AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi yoki Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan istalgan mamlakat, yuborish mamlakati, jo‘natmani olish mamlakati yoki xizmatlar ko‘rsatish mamlakatining sektoral yoki bloklovchi sanksiyalarini, jumladan, sanksiyalar ro‘yxatlariga kiritilgan shaxslar foydasiga bevosita yoki bilvosita buzishga yo‘naltirilgan faoliyat/faoliyatni tashkillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarda foydalanilmasligiga kafolat berasiz.
6) Siz Bizga berishgacha jo‘natmaning ichidagilarni/xizmatlarning tarkibini puxta tekshirganligingizni va bunday jo‘natmani ko‘zlangan mamlakatga yuborish/xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy munosabatlar qatnashchilariga nisbatan qo‘llaniluvchi qonunchilik nuqtai-nazardan qonuniy ekanligini kafolatlaysiz.
7) Siz Bizga berishgacha jo‘natmaning ichidagilarni/xizmatlarning tarkibini puxta tekshirganligingizni va jo‘natma ichidagilarning/xizmatlar tarkibining hech qanday eksport, sanksiya yoki boshqa turdagi nazorat ro‘yxatlariga tushmasligini va yuborish mamlakatidan qonuniy asoslarda yakuniy ko‘zlangan mamlakatga ketishi mumkinligini kafolatlaysiz.
8) Siz jo‘natmaga qo‘yilmalar/buyurtirilgan xizmatlarga nisbatan barcha bojxona, sanksiyalar, qonunchilik, eksport nazorati va harbiy va ikki tomonlama foydalaniluvchi tovarlarning harakatlanishi ustidan nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik majburiy talablari va milliy va xalqaro huquqning boshqa shunga o‘xshash majburiy talablarining bajarilganiligi, majburiy ruxsatlar va litsenziyalarning olinganligini hamda o‘zingizning sanab o‘tilgan talablarning bajarilganligini hujjatlar asosida tasdiqlashingiz mumkinligini kafolatlaysiz.
9) Siz SIYOSATNING 1-8-bandlariga xizmatlarning haqiqiy foyda oluvchisi/jo‘natmalar (xizmatlar) yuboruvchisi va oluvchisi/jo‘natmalarda yuborilayotgan qo‘yilmalarning yakuniy foydalanuvchilari (end users) tomonidan ham amal qilinishini kafolatlaysiz.
10) Siz SIYOSATDAGI o‘zgarishlarni kuzatib borish uchun o‘zingiz javobgar bo‘lishingizni kafolatlaysiz.
11) SIYOSATDA berilgan kafolatlarning buzilishlari/buzilishlarning mavjudligiga shohidlik beruvchi holatlar/buzilish belgilari aniqlangan hollarda biz bir vaqtning o‘zida yoki alohida holda quyidagi harakatlarni bajarish huquqiga egamiz:
- qo‘shimcha ma’lumotlar va tushintirishlar so‘rash;
- xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatish;
- Siz bilan yoki Sizning manfaatlaringizga tuzilgan shartnomalarning hammasini yoki bir qismini bekor qilish;
- yuzaga kelgan Siz tomoningizdan Siyosatning buzilishi holatlarini hal qilish uchun yetkazilgan zararlar va Biz/Hamkorlarimiz tomonidan jalb qilingan barcha mutaxassislar xizmatlarining qiymatini moddiy qoplab berishni talab qilish.
12) Xizmatga buyurtma bergan holda Siz o‘zingiz tomoningizdan SIYOSATGA amal qilinmasligi tufayli yuzaga kelgan zararlarimizni (jumladan, mansabdor shaxslarimiz, agentlarimiz, vositachilarimiz va boshqa Hamkorlarimiz zararlarini) qoplab berish niyatingizni tasdiqlaysiz.
13) Siz tomoningizdan SIYOSATGA amal qilinmasligi tufayli Biz tomonimizdan Siz bilan tuzilgan har qanday shartnomalarning bekor qilinishi/xizmatlarning SIYOSAT shartlariga mos emasligi tufayli Sizga xizmat ko‘rsatishning rad etilishi/Sizga xizmat ko‘rsatib bo‘lmaslik (hattoki bu Xizmatlar ko‘rsatish boshlanganidan keyin aniqlangan bo‘lsa ham) Bizning aybimiz bilan shartnomaning bekor qilinishi/xizmatlar ko‘rsatishning rad qilinishi/xizmat ko‘rsatish shartlarining buzilishi/shartnoma shartlarining buzilishi bo‘lib hisoblanmaydi va bu Bizga nisbatan shartnomaning bekor qilinishi yoki Biz tomonimizdan majburiyatlarning bajarilmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday javobgarlik chorarining qo‘llanilishiga olib kelmaydi.