Boshqa shaharga ko‘chish va narsalarni saqlangan holda yetkazishni qanday tashkillashirish mumkin

1 yanvar 2023 yil
Boshqa shaharga narsalar bilan birga ko‘chishning ikkita varianti bor — o‘z kuchi bilan yoki transport kompaniyasi yordamida. Maqolada jarayonni qanday qilish tashkillashtirish, narsalarni xavfsiz tarzda olib borish va vaqt hamda kuchlarni tejash haqida aytib beramiz.
 
Ko‘chishga qanday tayyorlanish kerak
 
Ko‘chish oson o‘tishi uchun unga qanday tayyorlanish bo‘yicha bir nechta qoida mavjud. 
  1. Tayyorlanishni kamida uch hafta, yaxshisi bir oy oldin boshlang — shunda keraksiz narsalardan qutilish va hamma narsalarni tartib bilan joylashtirish uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi.
  2. Barcha narsalarni xonalar bo‘ylab saralab chiqing — masalan, bitta xonada texnika, idishlar, kitoblar, boshqasida — kiyimlar, poyabzallar, o‘yinchoqlar bo‘ladi. Shunda siz qadoqlashda tezroq anglab yetasiz.
  3. Qutilarni osongina imzolash uchun markerlar va stikerlarni g‘amlab qo‘ying.
  4. Ko‘chish uchun alohida bloknot yoki qayd daftari yuriting va qilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsani o‘sha yerga yozib boring — shunda to‘polonda hech narsani unutmaysiz. Bola uchun narsalarning alohida ro‘yxatini tuzgan yaxshiroqdir.
  5. Hattoki bu ko‘p vaqtni olsa ham barcha keraksiz narsalarni avvaldan tashlab yuboring — shunda yangi kvartirada narsalarni bir necha barobar tezroq ajratasiz va yangi narsalar uchun joy bo‘shatasiz. Agar biror narsadan bir yilda ortiq vaqtda beri foydalanmayotgan bo‘lsangiz, u katta ehtimol bilan endi sizga kerak bo‘lmaydi.

Ko‘chish uchun dam olish kunini tanlagan yaxshiroq — yo‘lda mashinalar kamroq bo‘ladi. Bolalar va uy hayvonlarini bu vaqtda imkoni boricha qarindoshlarnikida qoldiring — ishlarga diqqatni qaratish osonroq bo‘ladi. 
 
Qanday buyumlarni o‘zingiz tashiganingiz yaxshiroq
 
Birlamchi ehtiyoj buyumlarini o‘zingiz tashiganingiz yaxshiroqdir. Shunda ular doimo qo‘l ostingizda bo‘ladi va ularni yangi joyda tezda topasiz. 
Bularga quyidagilar kiradi: 
  1. Medikamentlar — dorilarning yaroqlilik muddatlari va flakonlarning germetikligini tekshiring.
  2. Hujjatlar — pasport, haydovchilik guvohnomasi, polis, kvartiraning hujjatlari, SNILS, STIR, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma.
  3. Shaxsiy va qimmatbaho buyumlar — taqinchoqlar, gadjetlar, kalitlar.
  4. Bir necha kunga yetarli taomlar va suv —  makaron, non, sabzavotlar va mevalar, agar muzlatgich bo‘lsa, yarim tayyor mahsulotlar.
  5. Elektr choynak, multivarka yoki elektrogril — bu taom tayyorlashni osonlashtiradi.
  6. Har bir oila a’zosi uchun idishlar to‘plami — chashka, qoshiq, sanchqi, krujka, pichoq. 
  7. Sochiq va shaxsiy gigyena vositalari — tish pastasi, cho‘tkalar, sovun, shampun, dush uchun gel.
  8. Qadoqdan chiqarish uchun qaychi va asboblar to‘plami.
  9. Zaryadlash qurilmalari — telefonlar, noutbuklar, elektr cho‘tkalar uchun.
  10. Dastlabki vaqtlar uchun kiyim va poyabzal — ish, uyda kiyish, yig‘ishtirish, uxlash uchun. Bu yerga kichkina dazmol yoki bug‘lagich va kiyimlar uchun rolik qo‘shing. 
  11. Yig‘ishtirish uchun barcha narsalar — chelak, lattalar, pol uchun cho‘tka, tozalash vositalari.
  12. Yotoq anjomlari va ich kiyimlar — adyol, choyshab, oilaning har bir a’zosi uchun yostiqlar.
  13. Bolalar buyumlari - tagliklar, aralashma, butilkacha.
  14. Uy hayvonlari uchun buyumlar — yetalash arqoni, to‘shama, suv idishi va kosa, ozuqalar.

Boshqa narsalar hali ajratilmagan dastlabki vaqtlarda bunday to‘plam yetarli bo‘ladi. 


 
Butun holda yetkazib borish va keyin osongina topish uchun ularni qanday qadoqlash kerak
 
Qadoqlardan chiqarish ko‘p vaqt olmasligi uchun narsalarni to‘plashdan tashqari ularni ishonchli qadoqlash ham muhimdir. Boshlash uchun hammasini turli guruhlar bo‘yicha yoyib chiqing — kiyimlar, ovqatlar, dorilarni alohida-alohida holda. Shunda siz tezroq qadoqlaysiz va nimani qayerda yotganligini aniq bilasiz. 


Mana qadoqlash bo‘yicha bir nechta maslahat:
  • Ular shikastlanmasligi uchun narsalarni qutilar yoki paketlarga qadoqlash zarur;
  • barcha og‘ir narsalarni tagiga, yumshoq narsalarni esa — ustiga taxlang;
  • qutilardagi bo‘sh joylarga qog‘oz, keraksiz lattalarni joylang — shunda buyumlar harakat vaqtida qimirlamaydi va bir-birlariga urilmaydi.
  • mo‘rt buyumlar — idishlar, ko‘zgularni qo‘shimcha tarzda qog‘ozga yoki g‘uddasimon plyonkaga o‘rang;
  • agar mashinada borsangiz, narsalarni taxlashni eng muhim narsalar yaqinroq bo‘lish uchun kamroq darajada zarur buyumlardan boshlang. 

Qadoqlagandan keyin kerakli narsalarni osongina topishingiz uchun qutilarga yozib chiqing. Batafsil belgilang — qutilarga "oshxona" kabi umumiy so‘zlarni emas, "oshxona asboblari" kabi tafsilotlarni yozing. Va belgilar qo‘yishga vaqtingizni ayamang — hamma narsalarni yozmasdan yig‘ish tezroqdek tuyulishi mumkin, biroq narsalarni ajratishda ko‘proq vaqtingizni yo‘qotasiz. Kerakli narsalarni tezroq topish va har bir qutidagi yozuvlarni o‘qib chiqmaslik uchun qo‘shimcha ravishda qutilardagi narsalarning ro‘yxatini tuzishingiz mumkin. 

Mana to‘g‘ri qadoqlashga misol



Barcha qadoqlarga yozib chiqilgan va siz kerakli narsani osongina topasiz.

Bu esa kamroq darajada muvaffaqiyatli qadoqlashga misol:


Barcha narsalar qutilarga jamlangan, biroq ularning barchasiga ham yozib chiqilmagan.

Ushbu qoidalarning barchasi narsalarni xavfsiz tarzda boshqa shaharga olib borishga yordam beradi va jarayonni osonlashtiradi — yozib chiqilgan qadoqlardagi buyumlarni ajratib olish osonroq bo‘ladi.
 
Qanday buyumlarni transport kompaniyasi tomonidan olib borgan yaxshiroq
 
Qolgan narsalarni boshqa shaharga transport kompaniyasi orqali yuborish mumkin. Masofaga bog‘liq ravishda siz uchun eng tezkor tashish variantini tanlashadi: avia-, TYo‘-, avtotranslport yordamida tashish. 

Bunday variantning bir necha afzallik tomonlari mavjud. Siz vaqtni tejaysiz — narsalarni o‘zingiz bir nechta marta qatnashga tashishingiz shart emas, hammasini eshikkacha yetkazib berishadi. Kompaniya yukni olib borayotgan vaqtda e’tiboringizni boshqa muhim ishlarga qaratishingiz mumkin. Va kuchlarni tejaysiz — og‘ir buyumlarni mashinagacha tashish zaruriyati yo‘qoladi, bu ayniqsa liftsiz kvartiralar uchun dolzarbdir. Ayrim kompaniyalarda yuklarni saqlab turish xizmati mavjud — yangi kvartirada hali ta’mirlash ishlari yakunlanmagan hollar uchun mos keladi.


Transport kompaniyasi orqali darhol kerak bo‘lmaydigan narsalarni tashigan yaxshiroq, masalan: 
  • kitoblar va jurnallar;
  • barcha kiyimlar va poyabzallar — darhol kerak bo‘ladiganlaridan tashqari;
  • barcha idishlar — krujkalar, servizlar, oshxona anjomlari, kastryullar va tovalar;
  • maishiy texnika — tosterlar, qahva mashinalari, elektrogrillar;
  • interyer buyumlari — vazalar, svetilniklar, ko‘zgular, rasmlar;
  • taxtali o‘yinlar va bolalar o‘yinchoqlari;
  • qo‘shimcha sochiqlar va yotoq anjomlari to‘plamlari. 
 
Ularni qanday qadoqlash kerak
 
Turli yuklash uchun qadoqlarning bir nechta turlari mavjud:

 
  1. Qutilar 

Taqinchoqlar, smartfonlar, bloknotlar uchun 0,5 kg gacha vaznli qutilarni tanlang. Kitoblar, kosmetika uchun — 2 kg gacha vaznli qutilar. Poyabzallar, kiymlar, yumshoq o‘yinchoqlar uchun — 5 kg gacha vaznli qutilar. Parto‘shaklar, yostiqlar, adyollar uchun — 12 kg gacha vaznli qutilar. 
Haddan tashqari og‘ir bo‘lmasligi uchun kitoblarni qutilarga 7-10 tadan qilib joylang. Ular bilan birgalikda suyuqliklarni joylamang. Hattoki qopqog‘i juda zich yopilgan bo‘lsa ham ular oqib ketishi va kitoblarni buzishi mumkin. Agar yana qarderobli qutilar bo‘lsa — ularda narsalarni yelkada tashish va hali shkaflar bo‘lmagan dastlabki vaqtlarda saqlash qulay. 
Qutilarni ortiqcha yuklantirib yubormaslik muhimdir — ular haqiqatda ko‘tarsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak. 
Muhim! Yo‘lda hech narsa tushib qolmasligi va ifloslanmasligi uchun qo‘shimcha ravishda skotch bilan mahkamlang va stretch-plyonka bilan o‘rang.
Turli o‘lchamlardagi zich qutilarni CDEK dan xarid qilish mumkin. 
  1. Havoli-g‘uddasimon plyonka 
Mo‘rt buyumlar: idishlar, ko‘zgular, oynalarni qadoqlash uchun mos keladi. U bilan narsalarni umumiy qutilarga taxlashdan oldin o‘rash mumkin. U harakatlanish vaqtida yuklarni himoya qiladi. 
  1. Katta qoplar
Katta polietilen yoki latta qoplarni tanlang. Ularda kiyimlar, poyabzallar, ich kiyimlar, matolar, pardalarni qadoqlash mumkin. Agar buyumlar zich taxlansa va siqilsa, bunday qoplarga ko‘proq narsalar sig‘adi. Qoplarga o‘tkir uchli narsalarni solmagan maqul — ular qopni yirtishi mumkin.
  1. Vakuumli paketlar
Ust kiyimlar, jun ro‘mollar, adyollar uchun ajoyib variant. Siz barcha kerakli narsalarni qopga solasiz va klapan orqali ortiqcha havoni chanyutgich bilan so‘rib tashlaysiz — natijada ixcham paket hosil bo‘ladi. 
  1. Paket-maykalar
Ular kiyimlar, poyabzallar, ich kiyimlarni umumiy quti yoki qopga solishdan oldin alohida qadoqlash uchun mos keladi. 



Quyidagilarni qo‘shmcha xarid qilish kerak: 
  1. Skotch —  qutilar, qoplar, paketlarni yopishtirish, buyumlarni qotirish uchun.
  2. Shpagat — ular bilan ham qutilar va qoplarni mahkamlash mumkin.
  3. Stretch-plyonka — buyumlarni qo‘shimcha qadoqlash va chang, nam va kirlardan himoya qilish uchun.
  4. Makulatura qog‘ozi yoki gazetalar — qutilardagi bo‘sh joylarni to‘ldirish uchun.
 
Xarid qilish kerak bo‘lgan qadoqlar ro‘yxati 
 
Yakunda sizning xaridlar ro‘yxatingiz taxminan quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
  1. 1 rulon g‘udursimon plyonka, 1 rulon skotch, 1 rulon stretch-plyonka, 1 rulon shpagat.
  2. 1 rulon makulatura qog‘ozi.
  3. 30 kg gacha bo‘lgan 15 ta quti.
  4. 15 yoki 20 kg gacha bo‘lgan 15 ta quti.
  5. 10 kg gacha bo‘lgan 10 ta quti.
  6. 5 kg gacha bo‘lgan 5 ta quti.
  7. 30 ta katta qop.
  8. 10-15 ta vakuumli paket.
  9. 2 rulon bir martalik paket.

Materiallarni  bu yerda xarid qilishingiz mumkin. 
 
Ko‘chishda qanday xatarlar mavjud
Ko‘chishdagi asosiy xatar — qimmatli buyumlarni yo‘qotish. Agar siz ularni o‘zingiz tashisangiz, doimo ko‘rinarli joyda bo‘lishlari uchun ularni ko‘rinarli joyga qo‘ying. Transport kompaniyalarida yuklarni sug‘urtalash mavjud. Shartnoma tuzishdan avval yo‘qotilgan hollarda tovon to‘lanishiga ishonch hosil qilish uchun bu masalani aniqlashtiring. Masalan, CDEK barcha yuklarni sug‘urta qiladi. 

Mo‘rt narsalarni ishonchli qadoqlash haqida unutmang, agar o‘zingiz olib borsangiz — ularsiz bu buyumlar butun etib bormasligi mumkin. Transport bilan yuborsangiz, har qanday yukni - bu kitob bo‘ladimi, akvarium bo‘ladimi, yetkazib berishga tayyor bo‘lgan kompaniyani tanlang. Shunda mo‘rt yuklar haqida qayg‘urishlari ehtimoli baland bo‘ladi.
 
CDEK kompaniyasida ko‘chish uchun qanday tariflar mavjud
 
Ko‘chishni tashkillashtirish uchun siz CDEK kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ko‘chish uchun "Magistral ekspress" tarifi mos keladi. Har qanday o‘lchamdagi yuklarni — kitoblar, idishlar, texnika, kolyaska, velosipedlarni yuborishingiz mumkin. Og‘irlik bo‘yicha cheklanishlar yo‘q. 30 kg gacha narx o‘zgarmas, undan ortiq har bir kilogrammiga ustama to‘lov olinadi. Qimmatli buyumlarni sug‘urtalash mumkin.

Yuborishning turli variantlari mavjud: narsalarni eng yaqin CDEK shoxobchasiga keltirish yoki kuryerni uyga chaqirish. Yetkazib berishni ham shoxobchaga yoki eshikkacha buyurtma qilish mumkin. Qo‘shimcha ravishda qavatga — piyoda yoki liftda ko‘tarish xizmati mavjud.

Biroq bular barcha imkoniyatlar emas. Agar siz biror-bir narsa — hujjatlar, sovg‘alar, taqinchoqlarni unutgan bo‘lsangiz — "Superekspress" tarifidan foydalanishingiz mumkin. Kuryer jo‘natmani oladi, uni 1-2 kun ichida belgilangan vaqtda sizga olib kelib beradi. Agar kuryer ushlanib qolsa, pullarni qaytaradi.  

Maksimal og‘irlik 30 kg gacha. Tarif butun Rossiya bo‘ylab amal qiladi: hattoki siz bir necha kilometr uzoqlikdagi shaharga ketgan bo‘lsangiz ham kerakli narsani yetkazib berishadi. Yuklarni sug‘urtalash ham mavjud. 


Boshqa shaharga ko‘chish — ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon. Agar siz uni osonlashtirishni xohlasangiz, CDEK transport kompaniyasiga murojaat qiling. Qadoqlarning turlari haqida aytib beramiz, kerakli tarifni tanlaymiz, yukni eshikkacha yoki berish shoxobchasigacha yetkazib beramiz.