O'zbekistondan hujjatlarni butun dunyo bo'ylab yetkazib berish
CDEK Oʻzbekistondan hujjatlarni tezkor yetkazib berishni yoʻlga qoʻydi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun Documents xizmatidan “ombordan-eshikka” va “eshikdan-eshikka” rejimida foydalanish imkoniyati yaratildi.
Yetkazib berish mumkin:
• har bir bosqichda kuzatib borish;
• dunyoning turli mamlakatlariga joʻnatmalarni rasmiylashtirish – yuk xatini tuzayotganda toʻliq roʻyxatni koʻrib chiqing;
• barcha vitrinalardan – shaxsiy kabinet orqali, veb-saytda yoki kompaniya xodimlarining yordamida buyurtma bering
Tijorat qiymatiga ega boʻlmagan 2 kg gacha boʻlgan hujjatlar va xat-xabarlarni joʻnatishga ruxsat etiladi. Masalan:
• kontraktlar, buyruqlar, hisobotlar, yorliqlar;
• hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
• hisobvaraqlar, yuk xatlari;
• shartnomalar, shuningdek oldi-sotdi shartnomalari;
• qo'shimcha shartnomalar;
• bajarilgan ishlar dalolatnomalari;
• narxlar ro'yxatlari, tijorat takliflari;
• buxgalteriya hicobotlari;
• kasallik varaqalari, ma'lumotnomalar;
• soliq organlari uchun deklaratsiyalar;
• diplomlar va shahodatnomalar;
• yuridik shaxslar faoliyati toʻgʻrisidagi turli xil litsenziya va guvohnomalar, reyestr va arxivlardan koʻchirmalar.;
• bosma yoki qo'lda yozilgan boshqa hujjatlar.
Ushbu xizmat doirasida tijorat qiymatiga ega bo'lgan hujjatlarni yuborish mumkin emas . Boshqa tarif tanlang – masalan, yuk joʻnatmalarini yuborish uchun.
Biz hujjatlar niqobi ostida quyidagi hujjatlar va qimmatbaho buyumlarni yetkazib bera olmaymiz:
• shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar: tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport, xorijga chiqish pasporti, harbiy guvohnoma, haydovchilik guvohnomasi;
• bank kartalari — hatto nol balansda yoki faol bo'lmagan holda ham;
• valyuta va tangalar, boshqa xorijiy valyutalar va qimmatbaho buyumlar, pul belgilari hamda ularning ekvivalentlari;
• davlat obligatsiyalari, lotereya chiptalari.
Yangi xizmat boʻyicha savollaringiz boʻlsa, shaxsiy menejer yoki yordam xizmatiga murojaat qiling. Siz uchun yaxshiroq bo'lamiz!